15 avg 09:43
Yangiliklar
Joshuaning promouteri Ruisning revansh jangi haqidagi fikriga munosabat bildirdi
Meksikalik jahon chempioni Joshuaga qarshi revansh jangi Saudiya Arabistonida emas, aksincha birinchi jang kabi AQSHda o'tkazilishini istayapti.
“Revansh uchun shartnomaga birinchi jang oldidan imzo chekilgan. Boshqa hech qanday shartnoma yo'q. Bizning vazifamiz va majburiyatimiz Ruisni jang manzili, sanasi va vaqti borasida xabardor qilish. Biz o'z vazifamizni bajardik.
Revansh bo'yicha shartnomaga imzo chekilgan. Endi uni bajarish qolgan. Har qanday to'xtalish va vaqtni cho'zish Ruisning zarariga ishlaydi. U buning natijasida chempionlik kamarlarini jangsiz topshiradi. Keyin sud jarayonlari boshlanadi. O'ylaymanki, Ruisga bunday mash-masha kerak emas”, - deya Xirnning so'zlarini keltirmoqda Sky Sports.
Fikrlar