05 iyu 09:57
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/15280_220.jpg)
Joshuaning promouteri: “Yaqin ikki haftada jang sanasi malum bo'ladi”
Professional boksning superog'ir vazn toifasida ikki yo'nalish chempioni britaniyalik Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn ukrainalik Vladimir Klichkoga qarshi o'tkazilishi kutilayotgan revansh jangi manzili yuzasidan o'z fikrlarini bildirdi.
“Las-Vegas shahri revansh jangini o'tkazish uchun eng maqbul variant bo'lib turibdi. Biz yaqin ikki hafta ichida jang sanasi va manzilini elon qilamiz. Klichko Buyuk Britaniyadan tashqarida jang o'tkazishni istayapti.
Balki, revansh jangi Nigeriyada tashkil etilar. Lekin Las-Vegas varianti har tomonlama eng maquli va maqbuli hisoblanadi. Agar Vladimirga bu ikki variant ham to'g'ri kelmasa, biz 28 oktyabr kuni Kubrat Pulev Kardiff shahrida jang o'tkazamiz”, – dedi Eddi Xirn Mirror nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Fikrlar