02 jan 14:19
Yangiliklar
Futbol
Joze Mourinyu faoliyatidagi eng katta xatosini aytdi
"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourinyu faoliyatidagi eng katta xato qarori haqida fikr bildirdi.
"Eng katta xatoim "Real"dan ketganim bo'lgan. O'shanda men Florentino Peresning yangi shartnoma bo'yicha taklifiga rad javobini berganman. U menga hozir ketish vaqti emasligini va jamoa ancha shakllangani haqida gapirgandi. Men ham buni yaxshi tushunib turganman.
Ammo men "CHelsi"ga qaytishni qattiq istagandim. Sababi, Ispaniyadagi uch yillik faoliyatim davomida qattiq charchagan edim", — dedi portugaliyalik mutaxassis.
Havola :
Fikrlar