13 sen 12:29
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/18973_220.jpg)
Jozef Parker: “Men Joshuani nokaut qila olaman”
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Jozef Parker IBF, IBO hamda WBA Super yo'nalishlari chempioni britaniyalik Entoni Joshua bilan jang qilsa, raqibini nokautga uchratishini aytdi.
“O'ylashimcha, ko'pchilik mening Joshua bilan birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga chiqishimni xohlayapti. Ha, Entoni hozirgi boksda jarangdor ism. Lekin ishonchim komil, men uni nokautga uchrata olaman”, - dedi Parker.
Malumot uchun, Yangi Zelandiya mamlakati bokschisi 23 sentyabr kuni o'z chempionlik kamarini Manchester shahrida britaniyalik Xyui Fyuridan himoya qiladi.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar