23 avg 18:50
Yangiliklar
Futbol
Kamavinga ortidan "Real"ning yana bir asosiy futbolchisi bir oyga safdan chiqdi
Xavotirli yangilik.
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem Madrid jamoasi mashg'ulotlarini oqsoqlangan holda tark etdi. Bu haqda jurnalist Edu Agirre xabar bermoqda.
Keyinroq bu malumotni "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti tasdiqladi. Xabarlarda aytilishicha, futbolchi jarohat sabab 3-4 haftaga safdan chiqqan.
"Bellingem mashg'ulotlarda zarba qabul qilib oldi. Uning ahvoli o'rganilmoqda", – dedi italiyalik mutaxassis.
O'z navbatida, "The Athletic" nashri Bellingemning jarohati jiddiy emasligini yozdi. 25 avgust kuni "Real" Ispaniya chempionati 2-turi doirasida o'z maydonida "Valyadolid"ni qabul qiladi.
Havola :
Fikrlar