07 apr 12:20
Yangiliklar
Tennis

Kamila Osorio o'z uyida chempionlik unvonini himoya qildi
Kolumbiya poytaxti Bogota shahrida tennis bo'yicha WTA 250 toifasiga kiruvchi turnir yakuniga etdi.
Musobaqa bosh sovrini bu safar ham Kamila Osorioga nasib etdi. Dunyoning 54-raketkasi bo'lib turgan kolumbiyalik tennis malikasi hal qiluvchi final bahsida reytingning 223-pog'onasidan joy olgan polshalik Katarjina Kavani ikki setda ham bir xil hisobda mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/3.
Sakson olti daqiqa davom etgan bahsda Osorio 3, Kava 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Osorio bu bilan chempionlik unvonini himoya qildi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar