21 jan 18:33
Yangiliklar
Tennis
Kamilla Rahimova hamda Polina Kudermetova Australian Open turnirida yakkalik bahslaridagi ishtirokidan qancha pul ishlab olishdi?
Tennis bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi azolari Kamilla Rahimova va Polina Kudermetova 2026 yilgi Avstraliya ochiq chempionatining yakkalik bellashuvlarida ishtirok etdi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli ayol raketka ustasi bo'lmish Rahimova ilk davrada dunyoning uchinchi raketkasi, amerikalik Koko Goff bilan bahs olib bordi va 2/6, 3/6 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi.
Kudermetova esa birinchi bosqichda ispaniyalik Giomar Maristanini 6/2, 6/3. hisobida engdi. Daniyalik 23 yoshli Klara Tausonga qarshi kechgan bahsda esa Polina 3:6, 6:3, 5:7 hisoblarida mag'lubiyatga uchradi.
Endi har ikki tennischimiz juftlik yo'nalishidagi bellashuvlarda o'z omadlarini sinab ko'rishadi. Malum bo'lishicha, yakkalik bahslari orqali Kamilla Rahimova 101 ming, Polina Kudermetova esa 151 ming AQSH dollari miqdorida kafolatlangan gonorarni ishlab olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar