15 jan 15:17
Yangiliklar
Kanada tomoni O'zbekiston bilan o'yin bo'lib o'tishini tasdiqladi
Bahs 1 iyun kuni Edmontondagi "Commonwealth" (Hamdo'stlik) stadionida bo'lib o'tadi. Ushbu bahs FIFA Jahon chempionati-2026ga tayyorgarlikning bir qismi hisoblanadi, deyiladi elonda.
"Bu o'yin G'arbiy Kanadadagi muxlislar bilan yaqinlashish va tariximizdagi eng katta turnir oldidan jamoamiz o'yinini namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat. Biz bu jamoa "xalq jamoasi" ekanini doim takidlab kelyapmiz va mamlakatdagi eng faol sport muxlislari oldida o'ynashni intiqlik bilan kutyapmiz", – dedi Kanada bosh murabbiyi Jessi Marsh.

Edmontondagi Kanada – O'zbekiston uchrashuvi tabiiy maydonda, iyun oyidagi xalqaro tanaffusning birinchi kunida tashkil etiladi.
Eslatib o'tamiz, O'FA matbuot xizmati 2025 yil 23 dekabr kuni Kanada bilan o'yin o'tkazilishini malum qilgan edi.
Fikrlar