12 may 13:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Kanone Anderson Silvani nokautga uchratdi
Aralash qoidalar bo'yicha o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Anderson Silva kutilmagan mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Jang birinchi raunddayoq yakunlandi. Jared Kanone jangni katta ustunlik bilan boshlab, shunday tempda yakunlab qo'ydi. Kanone asosan loukik zarbalari bilan hujum qildi.
Ana shunday hujumlardan birida Jared Silvani loukik zarbasi bilan kutib oldi. Aniq va kuchli yo'llangan zarbadan Anderson xatto ingrab yubordi. Referi shu zahotiyoq jangni to'xtatdi. Sobiq jahon chempioni oktagonni murabbiylari yordamida tark etdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar