09 jan 13:55
Yangiliklar
Kante "Barselona"da o'ynamoqchi
"CHelsi" N'Golo Kante bilan 2023 yilning yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirmoqchi.
Kante hamon "ko'k-anorranglilar"dan taklif kutmoqda, biroq "Barselona" 31 yoshli franciyalik futbolchiga hech bo'lmaganda londonliklar bilan teng maosh bera olmaydi, deb xabar berdi Sport.es.
Franciyalik futbolchi so'nggi paytlarda doimiy jarohat olayotganiga qaramay, unga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. CHunki Kantening transferi tekinga tushadi, N'Golo katta o'yinlarda katta tajribaga ega. SHu bilan birga, futbolchi "Barselona"ning shartlarini eshitishni istamoqda va yangi shartnoma bo'yicha qarorni kechiktirish niyatida emas. Kante "CHelsi" bilan amaldagi kelishuvga qaramay, yanvar oyidan boshlab kataloniyaliklar va boshqa istalgan klub bilan muzokara olib borishi mumkin.
Fikrlar