27 jan 12:41
Yangiliklar
Karatechilarimiz Istanbul mezbonligidagi Premer ligada bitta medalga ega chiqishdi
Kecha Turkiyaning Istanbul shahrida karate WKF bo'yicha Premer liga musobaqasi nihoyasiga etdi.
Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi besh nafar sportchi bilan ishtirok etdi.
Yakunda 61 kg vazn toifasidaga vakilamiz Sevinch Otaboeva shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy oldi. U bronza medali uchun kechgan bahsda qozog'istonlik Ayjan Bakirovani 4:0 hisobida dog'da qoldirdi.
Malumot uchun, Premer liga tasnifidagi turnirda har bir vazn toifasida jahon reytingining eng kuchli 32 taligidan o'rin olgan sportchilar ishtirok etishadi.

Havola :
Manba : karate_wkfuz
Fikrlar