23 iyu 11:49
Yangiliklar

Karlos Alkaras - Queen's Club chempioni!
Ipaniyalik tennischi final bahsida ATP reytingida roppa-rosa 30-o'rinni egallab turgan chexiyalik Irji Lexechkani uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 7/5, 6/7(5), 6/2. Karlos bu bilan tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida ham oldinga chiqib oldi - 2:1.
Ikki soatu 10 daqiqa davom etgan bahsda Alkaras 18, Lexechka 7 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 2 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik g'olib tennischi tomonida bo'ldi - 3 ga 0.
Alkarasning g'alabali seriyasi 18 ta uchrashuvga etdi. Bu uning eng uzoq davom etayotgan mag'lubiyatsiz yurishi hisoblanadi. Ispaniyalik raketka ustasi faoliyatidagi 21, mavsumlagi 5-sovrinini qo'lga kiritdi. Karlos London turniriga qadar Rotterdam, Monte-Karlo, Rim va "Rolan Garros"da ham bosh sovringa ega chiqqandi.
Queen's Club turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok unga 500 reyting ochkosi hamda 471,755 evro mukofot puli keltirdi.
Fikrlar