27 apr 09:13
Yangiliklar
Karlos Alkaraz Madrid "Masters"da chempionlik himoyasiga kirishdi
Ispaniyalik tennischi ushbu nufuzli musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi. To'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan bahslarga qo'shilgan Karlos ATP reytingida 59-o'rinni egallab turgan qozog'istonlik Aleksandr SHevchenkoni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/1.
Tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi 69 daqiqa davom etgan. Ikkala tennischi ham bu bahsda eys zarbasini amalga oshira olmagan. Qizig'i, tennischilar qo'shxatoga ham yo'l qo'yishmadi. Breyklar tabiiyki, Alkarazda ko'proq bo'ldi - 7 ga 2!
Takidlash joiz, ispaniyalik tennischi jarohatidan keyin ilk uchrashuvini o'tkazdi. Qo'lidagi jarohat sababli u Monte-Karlo va Barselonadagi turnirlarni o'tkazib yubordi. Endi u Mutua Madrid Open turnirining uchinchi davrasida Tyago Zaybot Vildga qarshi kortga chiqadi. Braziliyalik tennischi ikkinchi bosqichda italiyalik Lorenco Muzettidan 6/4, 6/4 hisoblarida ustun keldi.
Fikrlar