15 mar 09:49
Yangiliklar
Tennis
Karlos Alkaraz "Masters" 1/2 finalida o'ynaydi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Karlos Alkaraz Indian-Uells "Masters" turnirining yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Ispaniyalik tennischi 1/4 finalda ATP reytingida 6-o'rindan joy olgan germaniyalik Aleksandr Zverevni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/1. Bu bilan Karlos tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi ortda qolishini minimal ko'rinishga keltirdi - 4:5.
Uchrashuv statistikasi:
Karlos Alkaraz - 1 ta eys, qo'shxato yo'q, 4 ta breyk
Aleksandr Zverev - 3 ta eys, 2 ta qo'shxato, breyk yo'q
Endi Karlos Alkaraz BNP Paribas Open turnirining final chiptasi uchun italiyalik Yannik Sinnerga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar