16 fev 12:39
Yangiliklar
Tennis
Karolina Plishkova Osakani qiyinchilik bilan engdi
Qatar poytaxti Doha shahrida o'tkazilayotgan WTA turnirida yarim final ishtirokchilari malum bo'ldi.
Dunyoning 59-raketkasi bo'lib turgan chexiyalik Karolina Plishkova 104 daqiqa davom etgan 1/4 finalda WTA reytingida 747-pog'onadan joy olgan yaponiyalik Naomi Osakani qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(6), 7/6(5).
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Karolina oldinda bormoqda - 5:2. Plishkova 8, Osaka 10 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar chexiyalik tennischida uch barobar ko'proq bo'ldi - 6 ga 2. Ikkala tennis malikasi ham 2 tadan breykka erishgan.
O'tgan hafta Kluj-Napokadagi turnirda chempion bo'lgan Plishkova ketma-ket to'qqizinchi g'alabasini tantana qildi. Uning final ostonasidagi raqibasi dunyoning birinchi raketkasi, polshalik Iga Svyontek bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar