22 apr 20:18
Yangiliklar
Kasper Ruud o'tgan haftadagi final uchun Cicipasdan revansh oldi
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning oltinchi va ettinchi raketkalari - norvegiyalik Kasper Ruud hamda greciyalik Stefanos Cicipas o'zaro to'qnash kelishdi. O'tgan hafta bu ikki tennischi Monte-Karlo "Masters" turnirining finalida ham to'qnash kelishgan va o'shanda Cicipas g'alaba qozongan edi.
Bu safar Ruud o'sha mag'lubiyat uchun revansh olishga muvaffaq bo'ldi. Bir soatu 29 daqiqa davom etgan final bahsida Kasper raqibini 7/5, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida norvegiyalik hisobda oldinga chiqib oldi - 3:2.
Final statistikasi:
Kasper Ruud - 2 ta eys, 2 ta qo'shxato, 3 ta breyk
Stefanos Cicipas - 3 ta eys, 3 ta qo'shxato, 1 ta breyk
Ruud faoliyatidagi 11-sovrinni qo'lga kiritdi. Barselonadagi muvaffaqiyatli ishtirok unga 500 reyting ochkosi hamda 488,390 dollar mukofot puli keltirdi. Vice-chempion Cicipas esa 330 ochko va 260,475 dollar pul ishlab oldi.
Fikrlar