So’nggi yangiliklar

20:00Бокс бўйича Ўзбекистон чемпионати финалларининг барча натижаси битта саҳифада 0 17:52"Бунёдкор"да ўйнаган Пишурнинг ўғли "Жирона"га ўтмоқда 0 17:31Дана Уайт ўзига ёқмаган UFC жангчисига мағлубият тилаганини тан олди 0 17:10Дана Уайт Усик ва Zuffa Boxing билан музокаралар ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди 0 16:39"Реал" ва Винисиус шартнома бўйича музокараларда олдинга силжиди 0 16:18Разамбек Жамалов, Абдурашид Садулаев Доғистондаги машғулотларда (ВИДЕО) 0 15:57Арман Царукян Аманда Нуньес билан жанг қилишга тайёр 0 15:3644 ёшли UFC афсонаси бугунги жисмоний ҳолатини кўрсатди + ФОТО 0 15:15"Барселона" Левандовскига шартномани узайтириш учун иккита талаб қўйди 0 14:54Жастин Гэтжи UFC`нинг бонуслар тизимини танқид қилди 0 14:12Шахматчиларимиз Таиландда йиғин бошлашди (ФОТО) 0 13:51Анчелотти ёзда Европага қайтиши мумкин 0 13:30Машҳур UFC cобиқ жангчиси Флоридада ҳибсга олинди — манба 0 13:09Белбоғли кураш федерацияси томонидан "Йил сарҳисоби" тадбири ўтказилди 0 12:48Жейк Пол ортиқ PFL жангчиси эмас! 0

11 iyu 18:41
Yangiliklar

Boks/MMA

Kayla Xarrison UFC`ning erkak jangchilariga qarshi oktagonga chiqishga tayyor

Teglar :  Kayla XarrisonUFC
Dzyudo bo'yicha ikki karra Olimpiada chempioni, PFL ligasi chempioni Kayla Xarrison yaqinda UFC promoushenida debyut qilgandi.

Ayni paytda Xarrison o'z vazn toifasida munosib raqib topa olmayapti. Promoushen rahbarlari ham bu borada qiyinchilikka duch kelishgan. SHu boisdan ham u ligadagi erkak jangchilar bilan jang qilishga tayyorligini malum qildi. Bu haqda amerikalikning menejeri Ali Abdel-Aziz Submission Radio radiosiga bergan intervyusida aytdi.

"Keyingi raqib Merab Dvalishvili yoki Aljameyn Sterling bo'ladi. O'ylashimcha, bu juda raqobatga to'la, yorqin jang bo'ladi. Ha, bu to'g'ri emasdir. Lekin qizlardan hech kim u bilan jang qilishni istamayapti. Bu holatda Kayla erkaklarning eng engil vazn toifasida jang o'tkazishiga to'g'ri keladi. Sobiq chempion Xolli Xolmni qanday mag'lub etganini hamma ko'rdi", - dedi Abdel-Aziz. 

Alining aytishicha, ikki vaznda sobiq UFC chempioni Amanda Nunes Xarrison bilan jang qilishdan qochib, faoliyatini yakunlab qo'ya qolgan. 

Malumot uchun, 33 yoshli Kayla Xarrison shu yilning aprel oyida Las-Vegas shahrida o'tkazilgan yubiley UFC 300 turnirida sobiq UFC chempioni Xolli Xolmni ikkinchi raundda bo'g'ib qo'ygandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing