25 may 16:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Kempbell revanshda Lomachenkoni mag'lub eta olishiga ishonmoqda
Britaniyalik bokschi Lyuk Kempbell Vasiliy Lomachenkoga qarshi revansh jangida ishtirok etmoqchi.
"Men har qanday jangga tayyorman. Bu haqiqat. Mening vaqtim keldi. Men barchaga qay darajada yaxshi ekanligimni ko'rsatmoqchiman. Tan olishim kerak, Lomachenkoga qarshi jangda men o'z mahoratimni namoyish eta olmadim. Hozir esa yaxshiroq harakat qilayotganimni tushunib boryapman.
Vasiliyga qarshi ikkinchi jangda qatnashish imkoniyati taqdim etilsa xursand bo'lardim. Ishonchim komil, revanshda g'alaba qozona olaman. Lekin afsuski, hozir ushbu jangga davogarlik qilish imkonim yo'q. Lekin men har qanday chorlovlarga tayyorman", - dedi britaniyalik bokschi.
Havola :
Manba : Seconds Out
Fikrlar