02 iyu 18:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Keti Teylor mutloq jahon chempioniga aylandi
AQSHning Nyu-York shahrida o'tkazilgan boks oqshomida Keti Teylor engil vazn toifasining mutloq chempioniga aylandi.
Irlandiyalik 32 yoshli bokschi qiz o'zining IBF, WBA va WBO chempionlik kamarlari qatoriga WBC kamarini ham qo'shib qo'ydi. Havaskor boksda Olimpiada chempioni hisoblangan Keti belgiyalik 34 yoshli Delfin Personni mag'lubiyatga uchratdi.
Hakamlar 96-94, 96-94, 95-95 hisobida Teylorning g'alabasini taminlashdi. Bundan norozi bo'lgan Person shu zahotiyoq ringni tark etdi. Keti esa Delfinga revansh taqdim etishga tayyor ekanligini malum qildi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar