11 okt 15:22
Yangiliklar
Futbol

Kevin Amaro: "O'zbekiston - biz uchun sirli jamoa"
Kecha Urugvay va Dominikan Respublikasi terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinidan so'ng janubiy amerikaliklar o'yinchisi Kevin Amaro saytimizga intervyu berdi.
"O'yin haqiqatan ham juda shiddatli bo'ldi. So'nggi paytlarda biz juda yaxshi o'ynayapmiz. Zarur paytda o'zimizga kerakli o'yinni namoyish eta oldik.
O'zbekiston - biz uchun ancha sirli jamoa. Ularni tahlil qilamiz, maydonda qanday joylashishlari va qanday o'ynashlarini o'rganamiz. Hozir esa dam olishimiz kerak", - dedi Kevin Amaro Dominikan Respublikasi ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng.
Havola :
Fikrlar