29 apr 15:02
Yangiliklar
Futbol
Keyn 2 ta rekord o'rnatdi
Angliyalik futbolchi gol urishda davom etmoqda.
"Bavariya" Germaniya chempionatining 31-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Ayntraxt"ni mag'lubiyatga uchratdi (2:1). Myunxenliklar hujumchisi Harri Keyn dubl qayd etdi va birdaniga 2 ta rekord o'rnatdi.
Birinchidan, 30 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda bir mavsumda 42 ta gol urib, shaxsiy to'purarlik rekordiga erishdi. Futbolchining avvalgi eng yaxshi shaxsiy ko'rsatkichi 2017/18 yilgi mavsumda "Tottenxem" tarkibida kuzatilgan edi (41 ta gol).
Ikkinchidan, Keyn 35 ta golni Bundesliga bir mavsumida hammadan tezroq kiritdi. Bu maqsadiga erishish uchun unga 31 ta o'yin kerak bo'ldi. U Uve Zeelerning 1964 yildan beri saqlanib kelgan rekordini yangiladi.
Havola :
Manba : TalkSPORT
Fikrlar