06 mar 09:49
Yangiliklar
Futbol
Keyn britaniyalik futbolchilar orasida ushbu natijaga erishgan birinchi futbolchiga aylandi
“Bavariya” hujumchisi Xarri Keyn UEFA musobaqalardagi 51-golini urdi.
Angliyalik futbolchi kecha “Lacio”ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etdi. SHu tariqa, Keyn britaniyalik futbolchilar orasida UEFA musobaqalarida 50 ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Umuman olganda, undan keyingi o'rinlarda Stiven Jerrad (41 ta) va Ueyn Runi (40) o'rin egallashgan.
Eslatib o'tamiz, Keyn o'tgan yilning yozida “Bavariya” safiga kelib, qo'shilgandi. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushdi va shuncha gol urishga erishdi. SHuningdek, hujumchining hisobida 8 ta golli uzatma ham bor.
Havola :
Fikrlar