08 mar 10:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Keyn Velaskesni garov evaziga qo'yib yuborishmadi
Og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Keyn Velaskesning navbatdagi sud jarayoni 25 daqiqa davom etdi.
O'tgan hafta hibsga olingan Keynning advokatlari garov evaziga qo'yib yuborishlarini so'rashgan, ammo sudya SHelin Braun bu taklifga rad javobini berdi. Keyn Velaskes 20 yildan to umrbod muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Velaskesga qo'yilayotgan bir nechta ayblovlar haqida xabar bergan edik. Uni juda ko'p mashhur sport vakillari qo'llab-quvvatlamoqda. Lekin hozircha vaziyatning ijobiy tomonga o'zgarayotgani haqida xabarlar yo'q. Navbatdagi sud jarayoni 12 aprel kuniga belgilandi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar