03 iyu 09:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Kit Turman: Menga qarshi jang Pakyao uchun so'nggisi bo'ladi
O'rta vazn toifasida WBA Super chempioni Kit Turman WBA kamari sohibi Menni Pakyao bilan bo'ladigan jangi haqida fikr bildirdi.
"Pakyao menga qarshi jangda ringda nima qilishini tushunmayapman. U juda kichkina, tezligi ham sekin. Uning harakatlarini o'qib olish qiyin emas. Menni meni Oskar De La Xoyyaga qiyoslamoqda. Lekin u bir narsani unutdi. Oskar u bilan jang qilganda ancha yoshi o'tib qolgan, u esa yosh edi. Hozir esa buning aksi.
Menga o'xshagan tezkor, yosh, gavdali bokschi bilan jang qilishga o'rganmagan. Ringda nimaga qodir ekanligimni ko'rsataman. Pakyao De La Xoyyani qanday ahvolga solgan bo'lsa, men ham uni shunday qilaman. Bu Menni uchun so'nggi jang bo'ladi", - dedi Turman.
Eslatib o'tamiz, Turman - Pakyao janagi 20 iyul kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar