11 mar 13:26
Yangiliklar

Klarissa SHilds Dikerga qarshi mutlaq chempionlik uchun ringga chiqadi
Oqshomning qiziqarli janglaridan biri ayollar o'rtasida mutlaq jahon chempionligi uchun kechadi. Unda birinchi o'rta vazn toifasida WBO va WBC yo'nalishlari chempioni Klarissa SHilds shu vaznda IBF chempioni Mari-Iv Dikerga qarshi ringga ko'tariladi.
Amerikalik 24 yoshli Klarissa hamda kanadalik 33 yashar Diker o'rtasidagi jang g'olibi birinchi o'rta vazn toifasining mutlaq chempioniga aylanadi. WBC, WBO va IBF kamarlaridan tashqari o'rtaga vakant bo'lib turgan WBA superchempionlik kamari ham qo'yiladi.
Malumot uchun, jang Klarissa SHilds tug'ilib o'sgan shaharda bo'lib o'tadi. 16 mart kuni esa ushbu jangga bag'ishlangan ilk matbuot anjumani o'tkaziladi. SHilds havaskor boksda ikki karra Olimpiada chempioni, prof boksda esa uchta vazn toifasida jahon chempioni, o'rta vaznda mutlaq jahon chempioni hisoblanadi.
Fikrlar