30 apr 12:51
Yangiliklar
Boks/MMA
Klichko Joshuaga qarshi jangi haqida: Bolakayga g'alaba qozonishi uchun imkon bergandim
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi uch yil avvalgi jangini esladi.
"Uch yil avval Entoniga g'alaba qozonishi uchun imkon bergandim. Hazil, u buyuk chempion! Unga qarshi jangim ajoyib tarzda o'tgandi. Har ikkimiz ham bu to'qnashuvdan so'ng ancha ulg'aydik", - dedi Klichko.
Eslatib o'tamiz, Entoni Joshua va Vladimir Klichko o'rtasidagi jang 2017 yilning 29 aprel kuni bo'lib o'tgandi. O'shanda Entoni raqibini 11-raundda texnik nokaut qilishga erishgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar