31 okt 14:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko qaytishga shama qildi, sabab ham malum
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko ringga qaytishi mumkinligiga shama qildi.
«Men yana ringga qaytishim mumkin. Bu variantni hali ham ko'rib chiqmoqdaman. Lekin mening qaytishim kimlarnidir ko'zini qonatish uchun emas, balki rekordlarni yangilash uchun bo'ladi. Jorj Formanni rekordini yangilamoqchiman. Adashmasam, u 45 yoshida jahon chempioni bo'lgan»,-dedi Klichko.
Malumot uchun, Klichko hozirda 43 yoshda.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar