23 may 09:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko reytingda Tayson, Forman, Freyzer, Marchianoni ortda qoldirdi
Ukrainalik mashhur bokschi Vladimir Klichko boks tarixidagi eng kuchli 10 nafar charm qo'lqop ustalari safiga kiritildi.
Bu borada u afsonaviy bokschilar Mayk Tayson va Lennoks Lyuisni ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Klichkolarning kichigi to'qqiz yarim yil davomida jahon chempionligi unvonini o'zida saqlab kelgan.
Bu bilan Klichko kompyuter reytingini inobatga olmay tuzib chiqilgan reytingning 6-pog'onasidan joy olgan. Vladimir ushbu reytingda boks afsonalari - Jorj Forman, Jo Freyzer, Mayk Tayson, Lennoks Lyuis va Rokki Marchianoni ortda qoldirdi.
Ukrainalik bokschidan yuqori pog'onalardan Muhammad Ali, Jo Luis, Sem Lengford, Evander Xolifild va Gerri Uilss joy olishdi. Uilss va Lengford XX asr boshlarida faoliyatlarini olib borishgan. Uills professional boksda 83, Lengford esa 248 ta jang o'tkazgan.
Havola :
Fikrlar