17 dek 16:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko so'nggi 10 yillik bokschisi bo'lishga davogar
Ukrainalik boks afsonasi Vladimir Klichko so'nggi 10 yillikning eng yaxshi bokschisi bo'lish uchun davogarlik qilyapti.
Superog'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempionining Joe Louis Fighter of the Decade sovrinini yutishi oson kechmaydi. Hozirda bu nominaciyasi g'olibligi uchun Klichkodan tashqari Floyd Meyvezer, Menni Pakyao, Andre Uord va Saul Alvares davogarlik qilmoqda.
G'olib nomi 17 yanvar kuni elon qilinadi. Davogar bokschilar ro'yxatini boks haqida yozuvchi Amerika jurnalistlari Associaciyasi (BWAA) tuzib chiqqan. Bundan avvalgi 10 yillik (2000-2009) mukofoti filippinlik boks afsonasi Menni Pakyaoga nasib etgan edi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar