06 may 16:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko Usikka tekinga yordam bermoqchi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko hamyurti Aleksandr Usikka Derek CHisoraga qarshi jangi uchun yordam bermoqchi.
“Usik — CHisora jangi ko'p savollarga javob bo'lishi mumkin. Sasha bu jangga tayyor bo'lishi lozim, uni doim qo'llab-quvvatlayman. Unga avvalgi jangidan oldin ham sparring raqib bo'lgandim. Bu safarchi? Gavda tuzilishim CHisoranikiga o'xshamaydi, lekin og'ir vazn bokschisi bo'lganim sababli, unga yordam berishga tayyorman. Bu xizmatlarni mutlaqo tekinga qilaman”,-dedi Vladimir Klichko.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar