29 mar 08:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichko Usikning Ukrainani tark etishi haqida: "Buning yaxshi va yomon tomoni bor"
Og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko hamyurti Aleksandr Usikning Ukrainani tark etishiga munosabat bildirdi.
Rossiya Ukrainaga urush boshlanganidan so'ng WVA, WVO, IBO va IBF yo'nalishlari bo'yicha og'ir vaznda jahon chempioni hududiy mudofaa safiga qo'shilgandi. Ammo, o'tgan hafta Aleksandr Entoni Joshua bilan revansh jangiga tayyorgarlik ko'rish uchun Ukrainani tark etdi.
"Buning yaxshi va yomon tomoni bor. Aleksandr uchun bu oson qaror bo'lmadi. Boshqa tarafdan qaraganda, mamlakatimiz bayrog'i ko'tariladi va madhiyamiz yangraydi”, — dedi Klichko.
Eslatib o'tamiz, Usik va Joshua o'rtasidagi ilk jang 2021 yilning kuzida bo'lib o'tgandi. O'shanda ukrainalik jangchi xakamlar qarori bilan g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar