30 apr 18:56
Yangiliklar
![](/upload/storage/116558_220.jpg)
Klichkoning katmeni: Joshuani nokaut qilish uchun bitta zarba etmagandi
Katmen Jeykob Dyuran superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichkoning burchagida Entoni Joshuaga qarshi kechgan chempionlik jangida ishlagan edi.
"Vladimir va Vitaliy o'z ona tillarida gaplashishgandi. SHu boisdan men ularni tushunmasdim. Qani endi tarixni ortga qaytarishning imkoni bo'lsa. Agar o'shanda Vladimirda besh foizgina ko'proq energiya bo'lganida edi, u jangni muddatidan avval yakunlardi. Unga bor yo'g'i bitta aniq zarba etmagandi. Joshua yana bitta zarba o'tkazib yuborganida nokautga uchrardi", - dedi Dyuran Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 2017 yilning 29 aprel kuni Londonda o'tgan jangda Entoni Joshua afsonaviy Vladimira Klichkoni texnik nokaut evaziga mag'lub etgan edi.
Fikrlar