04 avg 13:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichkoning menejeri: "Vladimirda motivaciya yo'qolgandi"
Vladimir Klichkoning menejeri Bernd Bente ukrainalik bokschini faoliyatini yakunlash qaroriga kelganiga nima sabab bo'lganini aytib o'tdi.
"Fikrimcha, ketish to'g'ri qaror edi. Vladimir doimo unga pul muhim emasligini takrorlab kelardi. Gap motivaciyada edi. Menimcha, uning ko'zidagi olov yo'qoldi. U bir muddat Joshua bilan revansh o'tkazib, g'alaba qozonish haqida o'yladi. Lekin, boshqa tomondan uni yana bir qiyin jang va yana bir qiyin mashg'ulotlar lageri kutayotgandi.
Agar bunday vaziyatda yuragingda o't bo'lmasa, faoliyatni yakunlash eng yaxshi qaror. Joshuaga qarshi jangdan so'ng uning hafsalasi pir bo'ldi. CHunki, o'sha to'qnashuvga juda katta tayyorgarlik ko'rgandi", - deydi Bente.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar