27 mar 09:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Klichkoning sobiq raqibi koronavirusga chalindi, uning ahvoli og'ir
Superog'ir vazn toifasida jahon chempionlik kamari uchun davogar Derrik Jefferson koronavirusga chalindi.
Amerikalik 52 yoshli bokschi Michigan shtatidagi kasalxonalarning biriga joylashtirilgan. Ayni paytda Jefferson engil koma holatida bo'lib, uni suniy nafas oldirish uskunasiga ulab qo'yishgan. Bokschining qarindoshlari Derrikning salomatligi sekin-asta yaxshilanib borayotganini aytishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Derrik Jefferson 2001 yilda WBO chempioni Vladimir Klichkoga qarshi jangda ringga ko'tarilgandi. O'shanda ukrainalik jahon chempioni amerikalik bokschi ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar