28 iyu 17:38
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/16564_220.jpg)
Klichkoning vaqti o'tdimi?
Og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Devid Xeyning fikricha Vladimir Klichkoning davri yakunlandi.
Aprel oyi yakunida Klichko Entoni Joshuaga mag'lub bo'lgandi. Noyabrda yana ushbu bokschilar o'rtasida revansh jang tashkil qilinishi kutilmoqda.
"Mening fikrimcha, og'ir vazn toifasida ayni paytda eng zo'r bokschi Joshua hisoblanadi. Men uning Vladimir Klichkoga qarshi jangini ko'rgandim. Bu ajoyib bo'lgandi. O'sha jang boks tarixiga eng ajoyib jang sifatida kiradi. Vladimir endi xech qachon avvalgidek bo'la olmaydi. U haliyam yaxshi, lekin o'z imkoniyatini qo'ldan boy berdi", - deydi Devid Xey.
Havola :
Manba : fighthype.com
Fikrlar