14 iyu 08:48
Yangiliklar
Futbol

Klublar o'rtasidagi JCHning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Tunda yangi formatdagi klublar o'rtasidagi JCH musobaqasi yakunlandi.
Hal qiluvchi uchrashuvda “CHelsi“ PSJni 3:0 hisobida taslim etdi. FIFA musobaqaning eng yaxshi futbolchisini aniqladi. Unga ko'ra, finalda ikkita gol urgan Koul Palmer turnirning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan sovringa ega chiqdi. 23 yoshli futbolchi ushbu musobaqada 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi Uning hisobida uchtadan gol va golli uzatma bor.
SHuningdek, turnirning eng yaxshi yosh futbolchisi uchun beriladigan sovringa PSJ yarim himoyachisi Dezire Due ega chiqqan. Musobaqaning eng yaxshi darvozaboni esa “CHelsi“dan Robert Sanches tan olingan.
Havola :
Fikrlar