16 may 11:49
Yangiliklar
Tennis

Koko Goff 3,5 coatlik "jang"da CHjen Cinvenni taslim etdi
Sayyoramizning uchinchi raketkasi Koko Goff Rimda yakuniga etib borayotgan nufuzli WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnirning finaliga yo'l oldi.
Amerikalik 21 yoshli iqtidor egasi 3 soatu 22 daqiqa davom etgan 1/2 final uchrashuvida dunyoning sakkzinchi raketkasi, xitoylik CHjen Cinvenni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(3), 4/6, 7/6(4).
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0. Goff 2 ta eys, 4 ta breykka erishib, 1 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Hal qiluvchi uchinchi setda Koko matchboldan chiqib ketishga muvaffaq bo'ldi. Goff faoliyatidagi 13-finalda kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar