20 iyu 17:50
Yangiliklar
Tennis

Koko Goffning "Rolan Garros" chempionligidan keyingi kortga qaytishi omadsiz bo'ldi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Koko Goff Berlin turniridagi ilk uchrashuvidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Amerikalik iqtidor egasi ikkinchi davra uchrashuvida WTA reytingida 49-pog'onada borayotgan xitoylik Van Sinyuga 3/6, 3/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. CHin yurti vakilasi tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida ilk bor nomdor raqibasini taslim etdi - 1:2.
Etmish olti daqiqa davom etgan bahsda tennischilar 1 tadan eys zarbasini amalga oshirishgan. Qo'shxatolar Goffda anchagina ko'p bo'ldi - 7 ga 1. Koko "Rolan Garros" chempionligidan keyin o'tkazgan ilk uchrashuvidayoq mag'lubiyatga uchradi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar