06 may 19:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Kolbi Kovington Dastin Poreni axlat deb atadi
Yarimo'rta vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC kamari sohibi Kolbi Kovington Dastin Pore haqida "iliq" fikrlar bildirdi.
"Dastin Pore shunchaki axlat. Menimcha, Konor va uning jangini bekor qilish kerak edi. CHunki Konor Dastin haqida to'g'ri fikr bildirdi. Dastin jamg'armasi orqali o'ziga pul va mashhurlikni olib keldi. SHuningdek, u soliqlardan ham ozod bo'ladi. Dastin pullarni bolalarga sarflamaydi va Konor uni qanchalik aldoqchi ekanligini tushundi. U insonlarni aldaydi. Pore dunyodagi eng soxta inson. Men odamlarni Dastin aslida qanday ekanligini yaxshilab tushunib olishlarini istayman",-dedi Kolbi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar