13 iyu 16:50
Yangiliklar
Konor CHendlerga qarshi jangi oldidan jarohati borligini aytdi + FOTO
Eng qizig'i, u Maykl CHendlerga qarshi jangi shu sabab bilan o'tkazilmasligi mumkinligini ham qo'shimcha qildi. Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga arxiv video joylab, jarohatiga turli emodjilar bilan ishora qilgan.
"Mashg'ulotingiz qanchalik qizg'in, harakatingiz esa kamroq bo'lsa, shunchalik jarohat orttirib olish foizi ko'p bo'ladi. Keyin aksincha, mashg'ulotingiz qanchalik engil, harakatingiz esa ko'p bo'lsa, jarohat olish xavfi shunchalik kamayadi. Biz muvozanatni topishimiz kerak", - dedi Makgregor.
Keyinchalik Konor o'z odatiga ko'ra bu videoni o'chirib yuborgan. Takniqli sport sharhlovchisi Ariel Xelvanining aytishicha, tashkilot hozirda Makgregor - CHendler jangiga zaxira variantlarini izlayapti.
Eslatib o'tamiz, Konor Makgregor va Maykl CHendler o'rtasidagi yarimo'rta vazn toifasidagi jang 29 iyun kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC 303 turniri doirasida o'tkaziladi.
Fikrlar