25 may 10:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor jarohat oldi, qaytish yil oxiriga qoldi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor mashg'ulotda qo'lini jarohatlab oldi.
Bu jarohat Konorning oktagonga qaytishini kuz fasliga kechiktirishini anglatadi. Makgregor garchi mart oyida sportchilik faoliyatini yakunlashini elon qilgan bo'lsa-da, aksariyat unga yaqin insonlar Konorning shu yilning o'zida qaytishini aytishmoqda.
UFC tashkiloti irlandiyalik sportchiga 6 yoki 27 iyul kuni jang o'tkazish taklifini bergandi. Lekin muzokaralar ijobiy yakunlanmagan edi.
“Doimiy mashg'ulot va sparringlar… men hamisha yuqoriga intilaman. Bu yo'lda hech narsani meni to'xtata olmaydi”, - deya o'zi Instagram sahifasida xabar va surat qoldirgan Makgregor.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar