29 sen 16:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregor 2016 yilda qancha gonorar ishlaganini malum qildi
Aralash qoidalar bo'yicha yarim engil vazn toifasida UFC chempioni Konor Makgregor joriy 2016 yilda qancha gonorar ishlab topganini malum qildi.
“Yil oxiriga borib mening yillik daromadim taxminan 40 million dollarga etadi. Alvaresga qarshi o'tkazadigan jangimdan so'ng aniq summani aytishim mumkin. Lekin shunisi aniqki, 2016 yilgi daromadim 40 milliondan kam bo'lmaydi”, - dedi Konor.
Eslatib o'tamiz, Makgregor va Alvares o'rtasidagi jang 12 noyabr kuni Nyu-York shahridagi “Medison Skver Garden” arenasida UFC 205 shousi doirasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar