19 mar 16:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregor: Boyligim nabiralarimga ham etadi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor bir bleacherreport.com saytiga nechta mavzu bo'yicha intervyu berdi.
"Men istalgan raqib bilan jang qilishga tayyorman. Bu narsani bir necha bor isbotladim ham. Oddiy janglar meni qiziqtirmaydi. Pul men uchun birlamchi narsa emas. Janglarimni faqat pulni o'ylab o'tkazmayman. O'zi shundoq ham boymanku! Boyligim farzandlarim va nabiralarimga ham etadi.
Menga haqiqiy janglar yoqadi. Mashg'ulotlarimni o'zim tug'ilib o'sgan Crumlin zalida o'tkazaman. Agar hozirgi ishim o'zimga yoqmaganida, hozir boshqa kasb bilan shug'ullanayotgan bo'lardim. Tez orada yana oktagonga qaytaman. Keyin boks ringida ham ko'rinish beraman", - dedi Konor.
Havola :
Fikrlar