16 iyu 18:14
Yangiliklar
Boks/MMA
Konor Makgregor CHendler bilan jangi bekor bo'lganiga izoh berdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor Mayl CHendler bilan jangi bekor qilinganiga munosabat bildirdi.
"Rejalashtirilgan qaytishdan voz kechish juda qiyin. Men matbuot anjumanidan oldin jarohat olgandim, tiklanish uchun ko'proq vaqt kerak edi. SHifokorlar, UFC va jamoam bilan maslahatlashib, qarorni qabul qilish oson bo'lmadi.
Muxlislarim bu jangda mening eng yaxshi holatimni ko'rishga loyiqlar va biz bunga erishamiz! Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Men yaxshi kayfiyatdaman va ishonamanki qaytaman", - deb yozdi Makgregor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Havola :
Manba : MMA Mania
Fikrlar