07 avg 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Konor MakGregor - Floyd Meyvezer jangini O'zbekistonda ham jonli efirda tomosha qilish mumkin bo'ldi
UzReport telekanali Konor MakGregor va Floyd Meyvezer o'rtasida bo'lib o'tadigan yil jangini jonli efirda namoyish qiladi.
26 avgust kuni bo'lib o'tadigan jang translyaciyasining licenzion huquqi UzReport tomonidan qo'lga kiritildi, deb yozilgan xabarda. O'zbekistonlik boks muxlislari uni Toshkent vaqti bilan 27 avgust tongida - 8:30 dan boshlab tomosha qilishi mumkin.
Jang 12 raundga mo'ljallangan va boks qoidalari asosida bo'lib o'tadi.
UzReport bungacha yil jangi deb yuritilgan Vladimir Klichko hamda Entoni Joshua o'rtasidagi to'qnashuvni ham jonli ko'rsatgandi.
Havola :
Manba : daryo.uz
Fikrlar