15 avg 10:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Konor Makgregor: “Jang Meyvezerning xushini yo'qotishi bilan yakunlanadi”
Aralash qoidalar bo'yicha engil vaznda UFC chempioni Konor Makgregor amerikalik bokschi Floyd Meyvezerning ustidan kulishda davom etmoqda.
Irlandiyalik jangchi bu galgi chiqishida Floyd kuchli nokautdan so'ng xushini yo'qotib qo'yishini aytdi.
“SHu paytgacha bir necha bor dunyo ahlini lol qoldirib kelganman. Bu ishni 26 avgust kuni yana bir bor amalga oshirmoqchiman. Jang Floyd uchun ijobiy yakunlanmaydi. Men uni chuqur nokautga uchrataman. U esa uzoq vaqt xushiga kela olmaydi”, – dedi Makgregor.
Eslatib o'tamiz, boks
qoidalari asosidagi ushbu jang 26 avgust kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas
shahrida bo'lib o'tadi. Jang natijasidan qatiy nazar har ikki sportchi 100 million
dollardan gonorarga ega bo'lishadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar