06 avg 11:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregor: “Malinyaji men kutgandek kuchli emas ekan”
Aralash qoidalar bo'yicha UFC chempioni Konor Makgregor endilikda sobiq sparring raqibi Pol Malinyaji bilan bog'liq masalaga munosabatini bildirdi.
Sobiq jahon chempioni hisoblangan Malinyaji Makgregorga amerikalik Floyd Meyvezerga qarshi kechadigan jangiga tayyorgarligida sparring raqib sifatida yordam berayotgandi. Lekin Pol Konor jamoasidagi yomon muhit sabab mashg'ulot lagerini tark etgandi.
“Ha, u menga yordam
berayotgandi. Uni hurmat qilaman, lekin bor yo'g'i shu. Pol men kutgandek kuchli
emas ekan. Unga katta yo'lni ko'rsatib qo'yishdi”, – dedi Makgregor Boxing Scene
saytiga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar