12 iyu 12:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Konor Makgregor: “Men Floydni 4 raundda nokautga uchrataman”
Bugun aralash qoidalar bo'yicha UFC chempioni Konor Makgregor amerikalik engilmas bokschi Floyd Meyvezer bilan ilk bor yuzma-yuz to'qnash keldi.
AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida tashkil etilgan ilk matbuot anjumanida Konor o'z fikrlari bilan o'rtoqlashib, Floydni to'rt raund ichida nokautga uchratishga vada berdi.
“Men Floydni to'rt
raund ichida nokautga uchrataman. Buni ishonch bilan ayta olaman. Meyvezer ko'z
urishtirish marosimida UFC yo'nalishida ham jang o'tkazish taklifini berdi. Lekin uning
oktagonga chiqishiga ishonmayman. Bunga uning yuragi dov bermaydi”, - dedi Makgregor.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar