18 avg 08:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Konor Makgregor: “Meyvezer ringda bir raund turib berishiga ishonmayman”
Aralash qoidalar bo'yicha UFC chempioni Konor Makgregor 26 avgust kuniga belgilangan jang yuzasidan yana bir bor fikr bildirdi.
Irlandiyalik sportchining fikricha, Floyd Meyvezer jangda bor yo'g'i bir raund turib bera oladi. Konor shu 3 daqiqa ichida Floydni nokautga uchratishini aytdi.
“Avvalroq men to'rt raund ichida Floydni mag'lub etishimni aytgandim. O'shanda men biroz kamtarlik qilgan edim. Meyvezerning ringda bir raunddan ortiq turib bera olishiga ishonmayman”, – dedi Makgregor.
Havola :
Fikrlar