21 avg 12:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor MakGregor: “Revansh bo'ladi, faqat shartni endi men qo'yaman”
Xabar berganimizdek, bugun ertalab AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida aralash qoidalar bo'yicha uzoq kutilgan jang o'tkazildi.
O'rta vazn toifasida jahon chempioni Konor MakGregor revansh jangida Neyt Diasni mag'lubiyatga uchratgandi. Bugun to'qnashuvdan so'ng uchinchi hal qiluvchi jang o'tkaziladimi, degan savolga irlandiyalik Konor shunday javob berdi.
“Qirol qaytdi. Agar siz uchinchi jangni tomosha qilishni istasangiz, buni amalga osharamiz. Faqat bu safar barcha shartlarni men qo'yaman. Men so'nggi ikkita jangimni Dias uchun qulay bo'lgan yarim o'rta vazn toifasida o'tkazishga rozi bo'ldim. Endi mening vaznimda jang o'tkaziladi. SHunda biz boshlagan ishimizga yakun yasaymiz”, – dedi Konor.
Havola :
Fikrlar